Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadon holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan o‘z saylov okrugi hududiga qarashli “G‘alchasoy” mahalla fuqarolar yig‘inida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan aholi xonadonlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida Sherqadam ko‘chasi, 50a-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro M.Usmonovaning xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning ijtimoiy holati va yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishildi.

Suhbat davomida oilaga bolalar nafaqasi tayinlangani hamda davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rsatilayotgani o‘rganildi.

Shuningdek, oilaga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan yordam ko‘rsatilgani, jumladan, xomiylik asosida xonadonni ta’mirlash va qurilish ishlari uchun shifer mahsulotlari olib berilgani ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish davomida oilaning mavjud ehtiyojlari tinglanib, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlarning holati va manzilliligi ko‘rib chiqildi. Fuqaroning ijtimoiy holatini kelgusida ham nazorat qilib borish masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5