Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadon holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan o‘z saylov okrugi hududiga qarashli “G‘alchasoy” mahalla fuqarolar yig‘inida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan aholi xonadonlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida Kamalak ko‘chasi, 28-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro M.Axmedovaning xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning ijtimoiy holati va mavjud sharoitlari bilan yaqindan tanishildi.

Suhbat davomida oilaga bolalar nafaqasi tayinlangani, shuningdek, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan vaucher ajratilgani ma’lum bo‘ldi. Oilaning ijtimoiy ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlari yuzasidan ham fikr almashildi.

Shuningdek, fuqaroning turmush o‘rtog‘i hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanishi va oilaning daromad manbaini shakllantirishga hissa qo‘shayotgani o‘rganildi.

O‘rganish davomida oilaning ijtimoiy holati, mavjud ehtiyojlari hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamlarning manzilliligi ko‘rib chiqildi. Zarur hollarda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3