Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Deputat tashabbusi bilan aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta aniqlash va fuqarolarga tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun qulay sharoit yaratish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 23-"Pattakesar" saylov okrugidan saylangan deputat T.Berdiyev tashabbusi bilan Alpomish mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar va nuroniylar uchun 3-sonli oilaviy poliklinikada tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rik davomida fuqarolarning salomatlik holati tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilib, zarur hollarda tegishli tibbiy tavsiyalar berildi.

Aholi bilan muloqot davomida ularning sog‘lig‘i bilan bog‘liq murojaatlari, tibbiy xizmatlardan foydalanishdagi ehtiyojlari va mavjud masalalari ham tinglandi.

🤝 Deputat T.Berdiyev tashabbusining amaliy ahamiyati shundaki, fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tish bilan birga, o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan mutaxassislardan bevosita maslahat olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Mazkur tadbir aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni barvaqt aniqlash va fuqarolarning tibbiy madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

📌 Deputatlik faoliyati — faqat muammoni o‘rganish emas, balki tashabbus ko‘rsatib, uning amaliy yechimiga ko‘maklashishdir.

Slide 1 of 3