Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
FHDYO bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi

Aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida va samarali ko‘rib chiqish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yanada takomillashtirish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Termiz shahar FHDYO bo‘limi faoliyatini o‘rgandilar.
O‘rganish jarayonida bo‘lim mudirasi bilan uchrashilib, muassasaning bugungi kundagi faoliyati, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining holati hamda mavjud ish jarayonlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar olindi.

Xususan, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularga zarur tushuntirish va maslahatlar berish, shuningdek, xizmatlarni belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholining FHDYO xizmatlaridan foydalanishida qulaylik yaratish, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish, murojaatlarni ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish hamda fuqarolarga xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Deputatlar tomonidan xizmat ko‘rsatish jarayonida fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarga mas’uliyat bilan yondashish hamda har bir murojaatning mazmunan ko‘rib chiqilishiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, ularni bartaraf etish hamda kelgusida FHDYO bo‘limi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni deputatlik nazorati doirasida tizimli davom ettirish, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish belgilab olindi.

Slide 1 of 2