Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
FUQAROLAR MUROJAATI ASOSIDA YO‘L-TRANSPORT INFRASTRUKTURASI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining 26-Jo‘miy saylov okrugi deputati Eshonxodjayev Otabek Djurayevich tomonidan “Iftixor” mahallasida yashovchi fuqarolarning murojaati asosida hududdagi yo‘l-transport infratuzilmasi holati o‘rganildi.

🔎O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar, jumladan, Iftixor ko‘chasida Yunusobod sport majmuasi suv havzasiga kirish qismidagi avtobus bekatini zamonaviy holatga keltirish, piyodalar kesib o‘tish joyiga svetofor o‘rnatish, shuningdek, Iftixor va M. Turg‘unboyeva ko‘chalari kesishmasida svetofor o‘rnatish masalalariga e’tibor qaratildi.

🚸Shuningdek, To‘xtasin Jalilov va M. Turg‘unboyeva ko‘chalari kesishmasida maktabga o‘tish uchun yo‘l chiziqlari va svetofor o‘rnatish, hamda Iftixor ko‘chasidagi 75-uy yonidagi avtobus kutish bekatini boshqa joyga ko‘chirish masalalari ko‘rib chiqildi.

📌Fuqarolarning murojaatida bayon etilgan takliflarni amaliy jihatdan o‘rganish, piyodalar va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash, yo‘l harakati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli mas’ullar bilan masalalar muhokama qilindi.

⚖️
Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, piyodalar va yo‘lovchilar uchun xavfsiz sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✍️Deputat tomonidan mazkur murojaatda ko‘rsatilgan masalalarni nazoratga olish hamda ularning qonuniy yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilotlarga takliflar kiritilishi belgilandi.
Slide 1 of 3