Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#24_ta_masala
#162_qonun
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#PF_193_son_Farmon_ijrosi
Deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S.To‘rayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida “Do‘stlik” mahallasi yoshlar yetakchisi Sh.O‘roqov bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagi yo‘nalishlarga qaratildi:
🔹 barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash;
🔹 aholining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash;
🔹 kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish;
🔹 kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish;
🔹 kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
🔹 amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini ta’minlash.

📊 Savolnoma asosida olib borilgan o‘rganish jarayonida belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish imkoniyatlari atroflicha tahlil qilindi.

🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, aholining bandligi va daromadlarini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda belgilangan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 3