Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Kengash_faoliyati

#doimiy_Komissiya
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi
#19_1_modda

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 10 ming m³ sig‘imli yangi suv inshooti ishga tushishi natijasida aholini toza suv bilan ta’minlash darajasi 91,7 foizga yetdi

✅Bandixon tumanida aholi hayot darajasini oshirish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash va aholini kafolatlangan toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida ko‘lamli investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi B.Yo‘ldoshev, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari D.Musurmonov hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi E.Eshonqulovlar “Obod turmush” mahallasi hududida barpo etilgan, sig‘imi 10 ming metr kub bo‘lgan yirik suv to‘plash inshooti faoliyati bilan tanishdilar.

✅Ushbu loyihaning amaliyotga tatbiq etilishi tuman uchun muhim ijtimoiy voqelik bo‘ldi. Yotqizilgan yangi tarmoqlar va quvurlar evaziga 6 ta mahallaning 41 bin nafar aholisi toza ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlandi hamda qo‘shimcha 15 ta mahallada suv ta’minoti sifati yaxshilandi. Natijada tuman bo‘yicha aholining markazlashgan ichimlik suvi qamrovi 91,7 foizga yetkazildi.

✅Tashrif davomida mas’ullar suv tozalash va tarqatish bloklari, nasos stansiyalarining elektr ta’minoti barqarorligi hamda sanitariya-himoya zonasi talablarini ko‘zdan kechirdilar. Ob’ektning uzluksiz ishlashini ta’minlash va tumanda suv qamrovini 100 foizga yetkazish bo‘yicha galdagi vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3