Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputatlik_nazorati #murojaat_daftari

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 4-“Gulobod” saylov okrugidagi deputatlik o‘rni bo‘sh (vakant) bo‘lganligi sababli, mazkur hududda aholi murojaatlari va muammolarini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Musurmon Abduraxmonovich Xujanov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi I.Roziqovlar tomonidan “Gulobod” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “mahalla yettiligi”ning aholi bilan ishlash samaradorligi, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, xonadonbay ishlash, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, yoshlar va xotin-qizlar bilan manzilli ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Mahalladagi mavjud muammolar xonadonlar kesimida tahliliy o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq va manzilli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda aholi muammolarini imkon qadar mahallaning o‘zida hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Asosiy mezon — natija. Har bir xonadon, murojaat va muammo ortida inson taqdiri turganini inobatga olgan holda, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish va aniqlangan masalalarni amaliy hal etish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1