Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja
#kotibiyat_mudiri
#kotibiyat_xodimi
#24_ta_masala
#19_1_modda

Bandixon tumanida infratuzilma rivoji: "Paxtakor" mahallasida yangi ichimlik suvi tarmog‘i barpo etilmoqda

✅Bandixon tumanida aholi yashash sharoitlarini yaxshilash, hududiy infratuzilma ob’ektlarini modernizatsiya qilish hamda aholini kafolatlangan toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha deputatlik nazorati ostida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Pardayev , "Surxondaryo suv ta’minoti" AJ Bandixon tuman bo‘limi boshlig‘i A.Choriyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Qurbonovlar birgalikda "Paxtakor" MFYning Bog‘ ko‘chasida bo‘lib, ichimlik suvi tarmog‘ini qurish ishlarini joyida o‘rgandilar.

✅Hozirgi kunda ushbu ko‘chada D-76 mm diametrli, umumiy uzunligi 1 200 metr bo‘lgan yangi ichimlik suvi quvurlarini yotqizish ishlari jadal olib borilmoqda. Ushbu loyihaning ishga tushirilishi evaziga hududdagi 50 ta xonadonda istiqomat qiluvchi 204 nafar fuqaroning ichimlik suvi ta’minoti tubdan yaxshilanadi.

✅O‘rganish yakunida qurilish ishlarini sifatli yakunlash va tarmoqni tez fursatda aholi foydalanishiga topshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 1