Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
Yoshlar ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi

Yoshlar ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi Kotibiyati mudiri
N. Ubaydullayev, Kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va
M. Abdulmajidov ishtirokida Yoshlar ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning muammolari va takliflarini o‘rganish, yoshlarning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud masalalar yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlar masalalariga oid qonunchilik hujjatlari talablari, Kengashning doimiy komissiyalari bilan hamkorlikni kuchaytirish va yoshlar manfaatlariga daxldor masalalarni tizimli ravishda o‘rganish yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur faoliyat 24 talik tavsiyaning yoshlar yetakchilari faoliyati va yoshlar bandligiga oid 1-bandi, shuningdek, aholi bandligini ta’minlashga oid 23-bandi bilan uyg‘un holda amalga oshirildi.

O‘rganish va muhokama jarayonida Kengashning doimiy komissiyalari kesimidagi qonunlar taqsimotidan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-406-son, 2016-yil 14-sentabr hamda sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlari talablari asosida tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. 

Slide 1 of 6