Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi

Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 2-oktabr kuni, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 20-yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Senat a’zolari, Hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar vakillari, mahalliy Kengashlar deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Mazkur yalpi majlisda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi Kotibiyat mudiri N. Ubaydullayev hamda Kengash deputati Z. Sapaev ham ishtirok etdi.

Yalpi majlis jarayonida Namangan viloyati studiyasidan ham ishtirok etildi. Unda Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi Kotibiyat mudiri T. Gapparov, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi Kotibiyat mudiri N. Ubaydullayev, Kengash deputati
Z. Sapaev, shuningdek, viloyat Kengashi deputatlari, mas’ul tashkilotlar rahbarlari hamda tuman va shahar Kengashlari deputatlari qatnashdi.

Yalpi majlisga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva raislik qildi. Majlis kun tartibidan mamlakat hayotining turli sohalariga oid muhim qonun loyihalari va boshqa masalalar o‘rin oldi.

Jumladan, yalpi majlisda:

“Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida;

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni haqida;

“Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida;

“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida;

“O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida

masalalar ko‘rib chiqildi.

Mazkur masalalar aholi huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, moliyaviy-huquqiy munosabatlarni takomillashtirish hamda qonunchilikni zamon talablariga muvofiq rivojlantirish bilan bog‘liq.

Oliy Majlis Senati yalpi majlisida mahalliy Kengashlar vakillarining ishtiroki qonunchilikdagi yangiliklar bilan yaqindan tanishish, ularning mazmun-mohiyatini o‘rganish hamda hududlarda ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan zarur bilim va ko‘nikmalarni oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur ishtirok Kengash deputatlarining 24 talik tavsiyasida belgilangan qonunchilikdagi yangiliklarni o‘rganish, aholining huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda deputatlik faoliyatini qonuniy asosda olib borish yo‘nalishlari bilan hamohangdir.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi 

Slide 1 of 5