Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
Deputatlik topshiriqlari ijrosi va saylovchilar murojaatlari tahlil qilindi

Deputatlik topshiriqlari ijrosi va saylovchilar murojaatlari tahlil qilindi

18-«Axsikent» saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati A. Azimov tomonidan Kengash kotibiyati tomonidan berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash hamda saylovchilar tomonidan yo‘llangan murojaatlarni tahlil qilish yuzasidan tegishli ishlar olib borildi.

Jarayon davomida Kengash kotibiyati tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosi, ularning belgilangan muddatlarda bajarilishi, shuningdek, topshiriqlar yuzasidan tegishli hujjatlarning rasmiylashtirilish holati ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, saylov okrugidagi fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar mazmuni tahlil qilinib, ularda ko‘tarilgan masalalar, murojaatlarning ko‘rib chiqilishi va hal etilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Murojaatlarda takroran ko‘tarilayotgan masalalarni aniqlash hamda kelgusida ular bo‘yicha manzilli ish olib borish zarurligi qayd etildi.

Tahlil yakunlari asosida topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, aniqlangan muammolarni tizimli ravishda o‘rganish hamda saylovchilar bilan doimiy va samarali muloqotni davom ettirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

O‘rganish jarayonida Kengashning doimiy komissiyalari kesimidagi qonunlar taqsimotidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 706-II-son, 2004-yil 2-dekabr hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlashga oid qonunchilik hujjatlari talablari asosida tegishli masalalar o‘rganildi.

Mazkur Qonun mahalliy Kengash deputatining huquq va majburiyatlari, deputatlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hamda deputatlik faoliyatini amalga oshirish kafolatlarini belgilaydi.

Murojaatlar bilan ishlash esa saylovchilar manfaatlarini ifodalash va ularning muammolarini o‘rganishda muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. 

Slide 1 of 4