Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
5-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI

5-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov, Kengash kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev, Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A. Nurmatov va M. Abdulmajidov hamda shahar Kengashi deputati M. Xojiyeva tomonidan 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotining ichki va tashqi holati, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, guruh xonalari hamda sanitariya-maishiy sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, binoning ichki va tashqi ta’mirtalab holatlari, ayrim xonalarda pol qismini yangilash zarurati hamda aniqlangan boshqa kamchiliklar muhokama qilindi.

Mazkur masalalarni bartaraf etish, ta’lim tashkilotida bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

O‘rganish jarayonida Kengashning doimiy komissiyalari kesimidagi qonunlar taqsimotidan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni,
O‘RQ-595-son, 2019-yil 16-dekabr hamda sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlari talablari o‘rganildi. Mazkur qonun maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
 

Slide 1 of 6