Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
#Kengash_raisi_deputat_sifatida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputatlik_nazorati

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi, 22-“Mingchinor” saylov okrugidan saylangan deputat Akrom Abdimuratovich Turdiyev tomonidan “Mingchinor” mahallasida joylashgan 62-sonli maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

O‘rganish va tahlil jarayoni:

Binolar va infratuzilma holati: Deputat muassasaning asosiy binosi, xonalarning issiqlik saqlash darajasi hamda texnik holatini ko‘zdan kechirdi.

Isitish tizimi va qozonxona: Ta’lim muassasasining isitish tizimi, isitish qozonlari va uning sozligi joyida ko‘zdan kechirilib, mavsumda uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha texnik ko‘rsatmalar berildi.

Yoqilg‘i zaxirasi: Kuz-qish mavsumi uchun jamg‘arilgan ko‘mir va boshqa muqobil yoqilg‘i mahsulotlarining saqlanish sharoitlari hamda belgilangan me’yorlar bo‘yicha zaxira miqdori ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish hamda tarbiyalanuvchilar va xodimlar uchun issiq va xavfsiz sharoitlarni to‘liq yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 4