Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #10_band #162_qonun #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida zarur mahsulotlar narxi va yetarliligi o‘rganildi

Aholini kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, narx-navoning barqarorligini kuzatish hamda iste’mol bozorida yetarli zaxira yaratish masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a'zosi, ekspert guruhi a'zosi, 15-“Tuproqqo‘rg‘on” saylov okrugi deputati D.Toshboyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida bo‘lib, nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.

 

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlarining 10-bandi — aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi va ularning yetarliligini o‘rganish yo‘nalishi asosida tashkil etildi.

 

O‘rganish davomida mahallada aholiga taklif etilayotgan kundalik ehtiyoj mahsulotlarining mavjudligi, narxlarining barqarorligi hamda fuqarolar uchun qulay savdo sharoitlari masalalariga e’tibor qaratildi.

 

Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, aholini zarur mahsulotlar bilan ta’minlash hamda narx-navoning asossiz oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi ishlar deputatlik nazoratida qoldirildi.

Slide 1 of 1