Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Nadirova tumanning “Yangiqo‘rg‘on” mahallasida fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

🟡Qabul davomida aholi tomonidan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish xizmati yuzasidan e’tirozlar bildirildi. Murojaatlarda ayrim hududlarda chiqindilarni olib chiqish ishlarini tizimli tashkil etish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va belgilangan jadval asosida chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish zarurligi ta’kidlandi. Mazkur masala yuzasidan mas’ul tashkilot bo‘yicha tegishli chora ko‘rish qayd etildi.

🟡Shuningdek, fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasi ham ko‘tarildi. Ayrim ichki yo‘llarning holati aholi va transport vositalari harakati uchun noqulaylik keltirayotgani, yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish zarurligi bildirildi. Mazkur murojaatlar joyiga chiqqan holda o‘rganilishi, ichki yo‘llarning holatiga baho berilishi hamda ta’mirlash ishlarini tashkil etish imkoniyatlari tegishli mas’ullar bilan muhokama qilinishi ta’kidlandi.

🟡Qabulda muhokama qilingan yana bir muhim masala – “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida ko‘chatlar ekish bilan bog‘liq bo‘ldi. Fuqarolar hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chat ekish orqali yashil maydonlarni kengaytirish va mahallalarning ekologik muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflarini bildirdilar.

🟡Qabul yakunida har bir murojaat yuzasidan tegishli mas’ullar bilan ish olib borish, ko‘tarilgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 1