Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
YAKKABOG‘ MAHALLASIDAGI KO‘P QAVATLI UY LIFTINING TEXNIK HOLATI O‘RGANILDI

25-Yakkabog‘ saylov okrugidan saylangan deputat Mirzaulukov Zafar Zohid o‘g‘liga biriktirilgan Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mirzayeva Hulkar tomonidan Yakkabog‘ mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uy liftining texnik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida liftning barqaror, uzluksiz va xavfsiz ishlashida qator muammolar mavjudligi aniqlandi. Xususan, liftning ayrim hollarda 5-qavatgacha to‘xtamasdan harakatlanishi, boshqaruv tugmalarining nosozligi, shuningdek, qisqa muddat ishlaganidan so‘ng uzoq vaqt davomida foydalanish imkoniyati bo‘lmayotgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchi fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yosh bolali oilalar uchun liftning xavfsiz va uzluksiz ishlashi muhim ahamiyat kasb etadi.


O‘rganish yakunlari bo‘yicha deputat bilan birgalikda masalani tegishli mutasaddi tashkilotlar oldiga qo‘yish, liftni to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazish, aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish hamda uning xavfsiz va uzluksiz ishlashini ta’minlash yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritish belgilab olindi.

Slide 1 of 3