Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
“Nurafshon” mahallasida xonadon o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva tomonidan “Nurafshon” mahallasi, Firdavsiy ko‘chasi, 16-uyda yashovchi fuqaro S.Mirzaqandova xonadonida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov, mahalla ijtimoiy xodimi R.Yunusov hamda xotin-qizlar faoli X.Ergasheva hamrohligida fuqaroning yashash sharoiti va mavjud muammolari o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqaro S.Qalandarova ijtimoiy reyestrga kiritilgani, biroq qonunchilikda belgilangan tartibda bepul va imtiyozli asosda berilishi lozim bo‘lgan dori-darmonlarni olishda muammolarga duch kelayotganini ma’lum qildi.

Murojaat yuzasidan fuqaroning holati va mavjud ehtiyojlari o‘rganilib, masalani qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Jumladan, fuqaroni qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozli ravishda ta’minlanadigan dori-darmonlar bilan o‘z vaqtida ta’minlash masalasida mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.

Murojaat deputatlik nazoratiga olinib, fuqaroning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda masalaning amaliy yechimini topish yuzasidan tegishli ishlar olib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4