Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov rahbarligida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar ijrosini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida mahallalarda yoshlar bandligini ta’minlash, aholini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish, ijtimoiy himoya, kambag‘allikni qisqartirish, xotin-qizlar bilan ishlash, hududlarni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, jamoat transporti faoliyatini yaxshilash, jinoyatchilikning oldini olish, aholi bandligini ta’minlash hamda investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, deputatlarga fuqarolar murojaatlarini tizimli ravishda o‘rganish, hududlardagi muammolarni joyiga chiqqan holda tahlil qilish, mutasaddi tashkilotlar faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish hamda sessiyaga kiritiladigan masalalarni oldindan puxta o‘rganish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida deputatlik faoliyatini yanada faollashtirish, hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Deputatlik nazorati, xalq bilan ochiq muloqot va amaliy natija — samarali faoliyatning asosiy mezonidir.

Slide 1 of 6