Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva tomonidan “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim R.Yunusovning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularning muammolarini manzilli o‘rganish hamda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lum qilinishicha, “Nurafshon” mahallasida 85 ta oila kambag‘al oilalar ro‘yxatiga kiritilgan. Amalga oshirilayotgan manzilli chora-tadbirlar natijasida hozirgi kunga qadar 23 ta oila kambag‘allikdan chiqarilgan.

Ayni paytda mahallada xonadonma-xonadon xatlov ishlari olib borilmoqda. Xatlov jarayonida oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, daromad manbalari, bandlik masalalari hamda mavjud ehtiyojlari o‘rganilib, aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilanmoqda.

O‘rganish davomida kambag‘al oilalarni doimiy daromad manbaiga ega qilish, mehnatga layoqatli oila a’zolarining bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish orqali kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli ishlarni davom ettirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, xatlov natijalarini puxta tahlil qilish, har bir oilaning holatidan kelib chiqib individual yondashuvni ta’minlash hamda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini muntazam monitoring qilib borish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3