Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
DEHQONOBOD MAHALLASIDAGI BUNYODKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI

 DEHQONOBOD MAHALLASIDAGI BUNYODKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov, tuman
Kengashi deputati B.Abduraximov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov
tomonidan Dehqonobod mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan
bunyodkorlik ishlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
 

“Og‘ir” toifaga kiritilgan mazkur mahallani kompleks rivojlantirishga
qaratilgan “Manzilli dastur” doirasida “Prim Byuldin” MChJ tomonidan Dehqonobod
ko‘chasida 1,3 kilometr uzunlikdagi beton ariq barpo etilmoqda.
 

Mazkur loyiha orqali ko‘chadagi ariqlarni tartibga keltirish, suv oqimini
yaxshilash hamda hudud infratuzilmasini yanada takomillashtirishga erishish
ko‘zda tutilgan.
 

O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, belgilangan hajm va
muddatlarga rioya etilishi hamda bajarilayotgan ishlarning sifatiga e’tibor
qaratildi.
 

Aniqlangan kamchiliklar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd
etilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga zarur choralarni ko‘rish
belgilandi.
  

Slide 1 of 3