Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
#24_ta_masala #18_band_ijrosi #Deputat_o‘rganishi ♿️ NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA BERILADIGAN IMTIYOZ VA IJTIMOIY XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI



Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, 3-Usmon Nosir saylov okrugidan saylangan deputat Mirsoat Mirsodiqov tomonidan Chinoz tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy xizmatlar, imtiyoz va yengilliklarning amaldagi tartibda qo‘llanilishi, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, shuningdek, ehtiyojmand shaxslarga manzilli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holatiga e’tibor qaratildi.
📊 Tumandagi holat:
🔹 Chinoz tumanidagi 40 ta mahalla fuqarolar yig‘inida 40 nafar ijtimoiy xodim faoliyat yuritmoqda.
🔹 Tumanda jami 3 065 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro istiqomat qiladi. Shundan:
— 339 nafari — I guruh;
— 2 345 nafari — II guruh;
— 381 nafari — III guruh.
🔎 O‘rganish jarayonida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ularning ehtiyojlarini aniqlash, belgilangan ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish masalalari tahlil qilindi.
Shuningdek, ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligi, fuqarolar bilan individual ishlash, mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda aniqlash hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish amaliyoti ko‘rib chiqildi.
💼 Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotida faol ishtirokini ta’minlash, ularning bandligi va mehnat faoliyatiga jalb etilishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish, shuningdek, mustaqil hayot kechirishiga ko‘maklashish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
📌O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli choralar belgilandi hamda ularning ijrosini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3