Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
#24_ta_masala #savolnoma_asosida #Okrugda_o‘rganish #Deputatlik_nazorati

Xalq deputatlari Kengashi deputatlarining nazorat-tahlil faoliyati hamda tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, aholi murojaatlarining kelib chiqish sabablarini barvaqt aniqlash, ularning oldini olish hamda hududda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari samaradorligini o‘rganishga qaratilgan deputatlik nazorati tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovich, Kengash kotibiyatining bosh mutaxassislari A.Esanov hamda I.Roziqov tomonidan “Bo‘ston” mahallasida mahalla raisining faoliyati, ish yuritish holati va fuqarolar qabuli jarayonlari yaqindan ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar davomida mahalla fuqarolar yig‘inida yuritilayotgan hujjatlar, xususan, aholi murojaatlarini ro‘yxatga olish daftarlari, fuqarolarning muammolarini hal etish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining ijrosi sinchiklab ko‘zdan kechirildi.

Ish yuritish sifatini oshirish hamda kelgusida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida va samarali hal etish bo‘yicha mahalla mas’ullariga tegishli tavsiyalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3