Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
2-Charx Kamolon mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning tom qismlari ta’mirlandi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Maxmudova Donoxon Artikovna tomonidan 2-Charx Kamolon mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari asosida ko‘p qavatli uylarning texnik holati o‘rganilib, aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Deputat nazorati ostida olib borilgan amaliy ishlar natijasida mahalladagi 15- va 16-sonli ko‘p qavatli uylarning tom qismlarida joriy ta’mirlash ishlari to‘liq amalga oshirildi.

Ta’mirlash jarayonida tom qismidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, uning texnik holatini yaxshilash hamda mavsumiy yog‘ingarchiliklarning salbiy ta’siridan uy-joylarni muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Amalga oshirilgan mazkur ishlar ko‘p qavatli uylarning foydalanish holatini yaxshilash, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Deputat tomonidan hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish va amalga oshirilayotgan ishlar ustidan nazoratni davom ettirish belgilangan.

Slide 1 of 1