Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
40-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

#deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati
#nazorat_tahlil #kuz_qish_mavsumiga_tayyorlarlik

40-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 19-Zarbdor saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev o‘zi saylangan saylov okrugidagi «Zarbdor» mahallasida joylashgan 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida maktabning kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga tayyorgarligi, xususan, maktabdagi isitish tizimi va pechlarning holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mavjud isitish vositalarining sozligi, ulardan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar hamda mavsum davomida o‘quvchilar va maktab jamoasi uchun qulay haroratni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda kuz-qish mavsumini sifatli tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3