Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
⚡️ Deputat so‘rovining ijobiy natijasi

#deputat_sorovi_ijobiy_natijasi

⚡️ Deputat so‘rovining ijobiy natijasi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 19-Zarbdor saylov okrugidan saylangan deputat J. Donayev tomonidan «Zarbdor» mahallasida fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida aholini qiynab kelayotgan elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar o‘rganilib, masalani hal etish yuzasidan 2026-yil 11-iyuldagi 97-ds-403-26-sonli deputat so‘rovi Qiziriq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i v.b. X. Umirovga yuborilgan edi.

Deputat so‘rovida, xususan, «Zarbdor» mahallasining Limonzor ko‘chasida fuqarolar tomonidan hashar yo‘li bilan olib kelingan transformatorni o‘rnatish va elektr tarmog‘iga ulash masalasi ko‘tarilgan.

Mazkur deputat so‘rovi natijasida Limonzor ko‘chasiga transformator o‘rnatilib, elektr tarmog‘iga ulandi. Natijada ko‘cha aholisining elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammosini hal etish yo‘lida amaliy chora ko‘rildi.

Bu kabi natijalar deputatlik so‘rovi orqali fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va aholi manfaatlarini himoya qilishda deputatlik nazoratining amaliy ahamiyatini ko‘rsatadi.

Mazkur masala deputatlik nazorati doirasida o‘rganib boriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 1