Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” — mahallalarda obodlik va farovonlik sari

Shu maqsadda Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Sh. Abdusamatov tomonidan «Neftchilar» mahallasida hududni «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» tamoyili asosida obod va ko‘rkam maskanga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi hamda patronaj hamshiralari bilan birgalikda ko‘p qavatli uylar va xonadonlarga kirilib, aholi bilan bevosita muloqotlar o‘tkazildi.

Suhbatlar davomida fuqarolarning yashash sharoitlari, mavjud muammolari va takliflari o‘rganilib, xonadonlar va ko‘p qavatli uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, tozalik va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Aholi bilan muloqotlarda bildirilgan taklif va murojaatlar tegishli tartibda o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga zarur vazifalar belgilab berildi.

“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” — avvalo, har bir mahalla, har bir ko‘cha va har bir xonadondagi obodlik, tozalik va aholi farovonligida namoyon bo‘ladi.

Slide 1 of 7