Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
YO‘L XO‘JALIGINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI KO‘RIB CHIQILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati G. Raimova tomonidan tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasida 2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatiga e’tibor qaratildi.

Qish mavsumida avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘llarni soz holatda saqlash va noqulay ob-havo sharoitlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish muhim vazifalardan hisoblanadi.

Jarayon davomida muassasaning mavsumga tayyorgarligi, maxsus texnikalar, qor tozalash va yo‘lga xizmat ko‘rsatish vositalarining sozligi, zarur materiallar zaxirasi hamda texnikalarni mavsum davomida ishga shay holda saqlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, qor yog‘ishi, muzlama va boshqa noqulay ob-havo sharoitlarida yo‘llarda uzluksiz va xavfsiz harakatni ta’minlash, muammoli yo‘l uchastkalarida tezkor choralar ko‘rish hamda texnikalarni belgilangan yo‘nalishlarda safarbar etish bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va zarur tayyorgarlik ishlarini o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mas’ullarga vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 2