Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Shayxontohur tumani Kengashi faoliyati yuzasidan amaliy-uslubiy muloqot o‘tkazildi

#kotibiyat_faoliyati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Shayxontohur tumani Kengashi faoliyati yuzasidan amaliy-uslubiy muloqot o‘tkazildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov ishtirokida Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

📝 Muloqot davomida deputatlar faoliyatini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, kotibiyatda ish yuritish va ijro intizomini ta’minlash, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish, deputatlik so‘rovlari ijrosi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyatini yanada kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

📋 Shuningdek, Kengash va doimiy komissiyalarning ish rejalarida belgilangan vazifalar ijrosi, sessiyalar kun tartibini sifatli shakllantirish, mas’ul tashkilotlar rahbarlarining hisobot va axborotlarini eshitish hamda Kengash qarorlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama etildi.

🔎 Deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha saylov okruglarida tizimli ish olib borish, “Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari”ni sifatli yuritish, deputatlarga biriktirilgan muhim qonunlar ijrosini nazorat qilish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda hududlarda aniqlangan muammolarning manzilli yechimiga erishish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🖥 Bundan tashqari, elektron ish yuritish tizimlaridan samarali foydalanish, deputatlik so‘rovlari va xizmat yozishmalarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish, ijro intizomini mustahkamlash hamda deputatlar faoliyati va uning amaliy natijalarini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Yakunida Shayxontohur tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlar faolligi va deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirish, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar ishini tizimli tashkil etish va hududlardagi masalalarni samarali hal etish yuzasidan Davronbek Ravshanbekov tomonidan tegishli amaliy-uslubiy tavsiyalar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3