Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

19¹-modda
Deputatlik Nazorati: Yo‘l ta’mirlash ishlari o‘rganildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-“Uch yog‘och-Qarabog‘” saylov okrugi deputati K. Xashimova hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan “Qarabog‘” mahallasi Maydon qishlog‘ida Sherobod tuman “Yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasi tomonidan olib borilayotgan yo‘l ta’mirlash ishlari bilan tanishildi.

🚧 O‘rganish davomida yo‘l ta’mirlash ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan talablar asosida amalga oshirilayotgani hamda yo‘lning foydalanishga qulay va xavfsiz holatga keltirilishi masalalariga e’tibor qaratildi.

📌 Mas’ullarga ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🤝 Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganish ishlari hududdagi yo‘l infratuzilmasi obyektlarida davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4