Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
“TASHABBUSLI BUDJET”: SPORT MARKAZI UCHUN 1,648 MLN SO‘M YO‘NALTIRILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 2026-yil 10-sentabrdagi III-24-79-14-204-K/26-sonli qarori asosida Chilonzor tumani hokimligi huzurida tashkil etilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 2026-yilning 2-mavsumida “Tashabbusli budjet” jarayonida g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar yo‘naltirildi.
Mazkur mablag‘lar fuqarolar tomonidan “Ochiq budjet” elektron axborot portali orqali ilgari surilgan va ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.
Jumladan, Chilonzor tumani Lutfiy mahallasida joylashgan Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi davlat muassasasi tomonidan ilgari surilgan loyiha g‘olib deb topilib, uni amalga oshirish uchun 1 648 000,0 ming so‘m (1 mlrd 648 mln so‘m) mablag‘ ajratildi.
Mazkur mablag‘lar markaz o‘quvchilari uchun boks, dzyudo hamda kurash bo‘yicha muntazam sport mashg‘ulotlarini tashkil etish va sport zallarining ichki hamda tashqi ko‘rinishini mukammal ta’mirlash tadbirlariga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu loyiha fuqarolarning “Tashabbusli budjet” jarayonidagi faol ishtiroki va ovoz berishi natijasida g‘olib deb topilgan.
Ajratilgan mablag‘larning loyihada belgilangan maqsadlarga muvofiq va samarali sarflanishi natijasida sport zallarida mashg‘ulotlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Fuqarolar tashabbusi — sport va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar!