Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Y.Narbekov tomonidan tumanning “Boyterak” mahallasi bo‘yicha hokim yordamchisi Sh.Mamedovning aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni mehnat faoliyatiga jalb etish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha olib borayotgan faoliyati o‘rganildi.
🔺O‘rganish jarayonida mahallada mehnat qilish istagida bo‘lgan aholini aniqlash, ularning kasb va ko‘nikmalarini inobatga olgan holda bandligini ta’minlash, shuningdek, aholiga daromad keltiradigan faoliyat turlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🔺Aholi bandligini ta’minlashda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, xususan, mahalladagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirish, yangi loyihalarni ishga tushirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, ularni o‘zini o‘zi band qilish yoki tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish orqali doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish zarurligi qayd etildi.
🔺Deputat tomonidan hokim yordamchisiga aholi uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar berildi. Bunda mahallaning mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib, aholi talabiga mos yangi loyihalarni shakllantirish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va ularni mavjud imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydal