Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Qaldirg‘och" mahallasida 1 kilometrlik asfalt yotqizish ishlari o‘rganildi

Bandixon tumanida yo‘l-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, davlat dasturlari doirasida bajarilayotgan obodonlashtirish ishlarining ochiqligi va sifatini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 16-"Qaldirg‘och" saylov okrugi deputati D.Qudratovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati xodimi B.Qurbonov "Qaldirg‘och" MFY Qo‘rg‘onqala ko‘chasida bo‘lib, 1 kilometr masofada bajarilgan asfalt qoplamasi yotqizish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Monitoring davomida mas’ul yo‘l qurilishi tashkilotlari vakillarining axborotlari tinglandi. Yo‘lning texnik xususiyatlari, asfalt qoplamasi sifati, qalinligi hamda shaharsozlik me’yorlariga mosligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tashrif yakunida yo‘lning mustahkamligi va uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlash, shuningdek, kelgusidagi infratuzilma loyihalarida sifat va shaffoflikni oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2