Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
RAQAMLI SAVODXONLIKNI OSHIRISH — AHOLIGA ELEKTRON XIZMATLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI TUSHUNTIRILDI

#Deputatlik_nazorati #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ RAQAMLI SAVODXONLIKNI OSHIRISH — AHOLIGA ELEKTRON XIZMATLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI TUSHUNTIRILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev tashabbusi bilan Mirobod tumanidagi “Sariqul” mahallasida aholining raqamli savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.

🔺 Tadbirda mahalla aholisiga zamonaviy elektron platformalardan samarali va mustaqil foydalanish tartiblari tushuntirildi. Xususan, ishtirokchilar My.gov.uz orqali zarur davlat xizmatlari va ma’lumotlarini izlash hamda olish imkoniyatlari bilan tanishdilar.

💳 Shuningdek, My.soliq.uz platformasi orqali soliq xizmatlaridan onlayn foydalanish, E-anticor.uz platformasidagi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid elektron resurslardan foydalanish tartiblari yuzasidan tegishli tushunchalar berildi.

🔺 Mazkur tadbir orqali fuqarolarning davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanish imkoniyatlari haqidagi bilimlarini kengaytirish, kundalik hayotda zarur bo‘lgan raqamli ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

📁 Bu yo‘nalishdagi ishlar mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holatiga e’tibor qaratish, aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish hamda zamonaviy elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengroq targ‘ib etish bilan hamohangdir.

💡 Toshpo‘lat Matibayev tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir aholining raqamli savodxonligini oshirish, davlat va soliq xizmatlaridan elektron shaklda foydalanishni tushuntirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ochiq elektron resurslar haqida fuqarolarning xabardorligini oshirishga qaratildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8