Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
“HAMZA” MAHALLASIDA EHTIYOJMAND OILALARNING IJTIMOIY HOLATI KO'CHAMA-KO'CHA YURISH ORQALI O‘RGANILDI

📌 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 2-Hamza saylov okrugidan saylangan deputat A. Baxromov tomonidan “Hamza” mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurib, ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy holati va mavjud muammolari o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida xonadonlarga tashrif buyurilib, oilalarning ijtimoiy yordam va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoji, moddiy-maishiy sharoiti, oila a’zolarining salomatligi, surunkali kasalliklar va nogironlik holatlari, tashqi mehnat migratsiyasi, oiladagi farzandlar soni hamda boshqa ijtimoiy omillar atroflicha o‘rganildi.
📋 Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularning muammolarini manzilli o‘rganish, zarur ijtimoiy yordam va xizmatlarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda daromad manbalarini shakllantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
📝 Ko‘chama-ko‘cha yurib o‘tkazilgan o‘rganish davomida aniqlangan muammolar deputatlik daftariga qayd etilib, har bir oilaning muammosini hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi.
🤝 Har bir xonadonning ehtiyojidan kelib chiqib, ularni manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda oilalarning daromad manbalarini kengaytirishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.