Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Kengash qarorlari ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Kamalov, kotibiyat mudiri J.Sadirov tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Kengash qarorlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borayotgan ishlarini o‘rgandilar.

🔺O‘rganish davomida tuman hududida ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichki ko‘chalarni yoritish, mavjud sug‘orish tizimlarini yangilash hamda mahallalar hududini obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish maqsadida mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish bo‘yicha qabul qilingan Kengash qarorlari atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, mazkur qarorlar asosida belgilangan vazifalarning bajarilishi, ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilishi, amalga oshirilgan ishlar hajmi, mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🔺O‘rganish natijasida ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha Kengash qarorlari bilan ajratilgan mablag‘lar to‘liq o‘zlashtirilmagani ma’lum bo‘ldi. Bu holat deputatlar tomonidan alohida qayd etilib, ajratilgan mablag‘larning to‘liq va samarali o‘zlashtirilmaganlik sabablarini aniqlash, belgilangan ishlarning ijrosini jadallashtirish hamda Kengash qarorlarida nazarda tutilgan vazifalarni yakuniga yetkazish zarurligi ta’kidlandi.

🔺O‘rganish yakuni bo‘yicha mablag‘larning to‘liq o‘zlashtirilmaganlik sabablarini bartaraf etish hamda Kengash qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining hisobotini Kengash sessiyasida eshitish belgilandi.

Slide 1 of 3