Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

♻️Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning bandligini oshirish, ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarini manzilli hal etish mahallalarda olib borilayotgan ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
♻️Shu maqsadda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Eronshoh” mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
♻️O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlar bilan individual ishlash, ularning murojaat va muammolarini o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
♻️Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, kasb-hunarga o‘qitish va daromad manbalarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning amaliy natijalariga e’tibor qaratildi.
♻️O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni manzilli hal etish va amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
👉Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 6