Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
«DEPUTAT INSTRUMENTI»

Muammo bor. Lekin deputat nimadan boshlaydi?
Faraz qiling, saylangan hududingizda ichki yo‘l ta’miri 6 oydan beri cho‘zilmoqda. Aholi sizdan natija kutmoqda.
Oddiy murojaat bilan cheklanib qolmang. Masalani deputatlik nazoratiga oling.

📌 Amaliy algoritm:

1. Muammoni hujjatlashtiring
— Aniq manzil;
— Aholi murojaatlari;
— Foto va videolar;
— Avvalgi va’dalar va belgilangan muddatlar.

2. Mas’ul tashkilotni aniqlang.

3. Deputat so‘rovida umumiy emas, aniq savollar qo‘ying!
Masalan:
Yo‘lni ta’mirlash qaysi dasturga kiritilgan?
Qancha mablag‘ ajratilgan?
Pudratchi tashkilot kim?
Ishlar qachon boshlanadi?
Ta’mirlash ishlari qachon yakunlanadi?
Agar dasturga kiritilmagan bo‘lsa, uni dasturga kiritish yoki boshqa usul orqali muammoni hal etish imkoniyatlari qanday?

4. Javobni nazoratga oling.

Muammo hal etilmasa, masalani doimiy komissiya yoki Kengash darajasida ko‘rib chiqish mexanizmlaridan foydalanish mumkin.

🎯 Deputat so‘rovining kuchi — «Muammoni hal qiling» yoki «Hal qilishda amaliy yordam bering» degan umumiy gaplarda emas, balki javob berilishi lozim bo‘lgan aniq savollarni to‘g‘ri qo‘ya bilishda.

Savollar to‘g‘ri va aniq qo‘yilganda, masalaning yechimi yanada samarali bo‘ladi.