Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
“Jasorat sinfi” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tuman hokimining o‘rinbosari A.Xudaybergergenov bilan birgalikda 4-sonli maktabda tashkil etilgan “Jasorat sinfi”ning bugungi kundagi holatini o‘rgandi.

🔎 O‘rganish davomida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” portali orqali 2026-yil 1-mavsumida o‘tkazilgan tashabbusli budjet jarayonida eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘olib bo‘lgan takliflarni moliyalashtirish bo‘yicha “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qaror ijrosi holati ko‘zdan kechirildi.

📋 Shuningdek, “Jasorat sinfi” uchun yaratilgan sharoitlar, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish hamda amalga oshirilgan ishlarning belgilangan talablar asosida bajarilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🇺🇿 Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ular uchun munosib sharoitlar yaratish — doimiy e’tiborda.

Slide 1 of 2