Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati M.Salimova tomonidan shaharda kompyuterlarga xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan nogironligi bo‘lgan kichik tadbirkorning faoliyati va mavjud muammolari o‘rganildi.

➡️O‘rganish davomida tadbirkorlik faoliyati olib borilayotgan obyektning tashqi va ichki qismida ta’mirlash va obodonlashtirish ishlariga ehtiyoj mavjudligi, shuningdek, foydalanilayotgan ayrim jihozlarning ma’nan eskirgani va ularni yangilash zarurligi aniqlandi.

➡️Muloqot jarayonida tadbirkorning faoliyatini rivojlantirish, ish sharoitlarini yaxshilash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha fikr va takliflari tinglandi.

➡️Deputat tomonidan tegishli tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda tadbirkorni amaldagi qonunchilik doirasida qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyatlardan foydalanishiga ko‘maklashish va aniqlangan muammolarga amaliy yechim topish masalalari muhokama qilindi.

✅Aniqlangan muammolarni bartaraf etish va tadbirkorga ko‘mak ko‘rsatish masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1