Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
#munosabat

🔰#munosabat

🔹Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini rivojlantirish taklifi fuqarolarning kelajakdagi ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan muhim yo‘nalishlardan biridir.

🔹Bunday mexanizm orqali fuqaro mehnat faoliyati davomida o‘zining kelajakdagi pensiya ta’minoti uchun mablag‘ jamg‘arib boradi. Muhimi, jamg‘arilgan mablag‘ning fuqaro mulki sifatidagi maqomi, undan foydalanish va meros qilib qoldirish imkoniyatlari aniq va shaffof belgilanishi zarur.

🔹Ayniqsa, daromadi past bo‘lgan fuqarolarni jamg‘arishga rag‘batlantirish uchun davlat tomonidan qo‘shimcha mablag‘ ajratish mexanizmi taklif etilayotgani ijtimoiy himoya nuqtayi nazaridan e’tiborga loyiq.

🔹Menimcha, mazkur tizimni joriy etishda fuqarolarning manfaatlari, mablag‘larning ishonchli saqlanishi, investitsiya daromadlarining shaffofligi hamda jamg‘armadan foydalanish shartlarining tushunarli bo‘lishi ustuvor ahamiyat kasb etishi kerak.

🔹Eng muhimi, pensiya islohoti fuqarolarga bugungi va kelajakdagi ijtimoiy kafolatlarini yanada mustahkamlash imkonini berishi lozim.

Oqila Muzaffarova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt