Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР ОНЛАЙН СЕМИНАРДА ИШТИРОК ЭТДИЛАР
янв.21
ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАСИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ҚИЛИНАДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ БЎЙИЧА ТАҲЛИЛИЙ ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ ВА ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА ШТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СУЮЛТИРИЛГАН ГАЗ БАЛЛОНЛАРИ ТАЪМИНОТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН
#24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish #Deputatlik_nazorati

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 9-“Bibizaynab” saylov okrugi deputati Xaitova Ayjomal Nazirovna tomonidan “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ning muhim mezonlari hududda amalga oshirilayotgan davlat dasturlari va obodonlashtirish loyihalari yuzasidan navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida okrug hududida aholining turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish hamda “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ning muhim mezonlaridan biridir hududlarni obod qilish borasida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Xususan:

Elektr va muhandislik tarmoqlari: Hududda yangi beton ustunlarni o‘rnatish, elektr va texnik tarmoqlarni tortish hamda maxsus texnikalar yordamida olib borilayotgan montaj ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi;

Sifat va muddat nazorati: Qurilish va ta’mirlash ishlarining belgilangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, amaldagi qurilish me’yorlariga rioya etilayotgani hamda ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida deputat A.Xaitova jarayonda ishtirok etayotgan mutassislar hamda ishchilar bilan muloqot qilib, ishlarni jadallashtirish va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.

Amalga oshirilayotgan ushbu ezgu loyihalar mahalla ahlining qulay va munosib turmush kechirishini ta’minlashga xizmat qiladi. Dastur ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati davom etmoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5