Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР ОНЛАЙН СЕМИНАРДА ИШТИРОК ЭТДИЛАР
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАСИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ҚИЛИНАДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ БЎЙИЧА ТАҲЛИЛИЙ ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ ВА ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА ШТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СУЮЛТИРИЛГАН ГАЗ БАЛЛОНЛАРИ ТАЪМИНОТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН
Kengash_faoliyati

#Kengash_raisi
#162_ta_qonun
#ekspert_guruhi

Bandixon tumanida Kengash Kotibiyatining Ekspert guruhi yig‘ilishi: 162 ta qonun monitoringi va ijro intizomi tahlil qilindi

Bandixon tumanida mahalliy Kengash deputatlarining faoliyat samaradorligini yuksaltirish, doimiy komissiyalar ishini tizimli muvofiqlashtirish hamda qonunchilik hujjatlarining joylardagi amaliy ijrosini ta’minlash borasida Kotibiyat tomonidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyatida tuman Kengashi raisi, Ekspert guruhi raisi E.N.Jurayev raisligida Ekspert guruhining navbatdagi tanqidiy-tahliliy ishchi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tadbirda Kotibiyat xodimlari tomonidan hafta davomida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, xususan, 162 ta qonun hujjatlari asosida ishlab chiqilgan maxsus savolnomalar bo‘yicha deputatlik nazorati natijalari va mutasaddi tashkilotlar tomonidan taqdim etilayotgan axborotlarning sifati muhokama qilindi.

Yig‘ilishda tuman Kengashi qarorlarining ijro holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish amaliyotini kengaytirish, davlat organlari rahbarlarining deputatlik so‘rovlariga munosabati va hisobdorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yakunda doimiy komissiyalar faoliyatini kuchaytirish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifa va topshiriqlar yuklatildi.

Slide 1 of 2