Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР ОНЛАЙН СЕМИНАРДА ИШТИРОК ЭТДИЛАР
янв.21
ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАСИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ҚИЛИНАДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ БЎЙИЧА ТАҲЛИЛИЙ ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ ВА ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА ШТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СУЮЛТИРИЛГАН ГАЗ БАЛЛОНЛАРИ ТАЪМИНОТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН
MAHALLADA BOLALAR UCHUN ZAMONAVIY VA XAVFSIZ MAYDONCHA BARPO ETILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, O‘zMTDP a’zosi Imamov Sanjarali Tolkinovich tomonidan o'zi saylangan okrug hududida joylashgan Tirsakobod mahallasida deputat tashabbusi hamda homiylarning amaliy ko‘magi bilan bolalar maydonchasini zamonaviylashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahalla hududida istiqomat qiluvchi bolalar uchun xavfsiz, ozoda va qulay hordiq chiqarish maskanini yaratish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun munosib shart-sharoitlarni shakllantirishdan iborat.

Obodonlashtirish ishlari doirasida bolalar maydonchasi hududi tartibga keltirilib, mavjud maydon betonlashtirildi. Shuningdek, maydon yuzasiga zamonaviy sun’iy chim qoplamasi yotqizildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida hududning sanitariya-obodonlashtirish holati yaxshilanib, bolalar uchun yanada qulay va ko‘rkam muhit yaratildi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, deputatlik tashabbuslari va homiylarning ijtimoiy mas’uliyat asosidagi amaliy ko‘magi mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda yosh avlodning sog‘lom va faol turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bolalar uchun yaratilayotgan har bir qulaylik — mahallaning obodligi va kelajak avlod farovonligiga qo‘shilgan munosib hissadir!

Slide 1 of 6