Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР ОНЛАЙН СЕМИНАРДА ИШТИРОК ЭТДИЛАР
янв.21
ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАСИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ҚИЛИНАДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ БЎЙИЧА ТАҲЛИЛИЙ ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ ВА ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА ШТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СУЮЛТИРИЛГАН ГАЗ БАЛЛОНЛАРИ ТАЪМИНОТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputatining saylovchilar bilan uchrashuvi va ijtimoiy ko‘mak tadbirlari

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputatining saylovchilar bilan uchrashuvi va ijtimoiy ko‘mak tadbirlari

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati N.Ibrahimova hududdagi mavjud ijtimoiy muhitni o‘rganish, aholi muammolarini yaqindan tinglash maqsadida Dovud mahallasida bo‘ldi. O‘rganishlar davomida davlat tomonidan ijtimoiy ta’minotga olingan hamda ko‘makka muhtoj bo‘lgan Maftuna Xoliqovaning xonadonida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida oilaning yashash sharoitlari ko‘zdan kechirilib, homiylik mablag‘lari va saxovatpesha tadbirkorlar ko‘magida xonadonga zamonaviy televizor sovg‘a qilindi. Bu esa oilaga qo‘shimcha qulaylik yaratish bilan birga, ijtimoiy e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaldagi yorqin namunasiga aylandi.
Shuningdek, suhbat jarayonida oila a’zolarining bandligini ta’minlash va ularni daromad manbai bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Maftuna Xoliqovaning tikuvchilik yo‘nalishiga bo‘lgan qiziqishi va intilishi inobatga olinib, uning qobiliyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida tumanimizdagi tegishli kasb-hunarga o‘qitish markaziga yo‘naltirildi. Bu tashabbus fuqaroning kelgusida o‘z o‘rnini topishi, hunar egallashi hamda oilaviy farovonligini oshirishga xizmat qiladi.