Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР ОНЛАЙН СЕМИНАРДА ИШТИРОК ЭТДИЛАР
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАСИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ҚИЛИНАДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ БЎЙИЧА ТАҲЛИЛИЙ ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ ВА ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА ШТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СУЮЛТИРИЛГАН ГАЗ БАЛЛОНЛАРИ ТАЪМИНОТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2026-yil 3-sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar hamda 2026-yil 11-sentyabrdagi PF-193-son Farmoni ijrosi yuzasidan xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tumanning “Yoshlik” mahallasida aholining kambag‘allik darajasini aniqlash bo‘yicha olib borilayotgan xatlov ishlari o‘rganildi.

🔻O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor har bir xonadonning haqiqiy ijtimoiy-iqtisodiy holatini aniqlash, oila a’zolarining bandligi va daromad manbalari, mavjud ehtiyojlari hamda kambag‘allik holatiga ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni aniqlashga qaratildi. Aniqlanishicha, mahallada jami 1118 ta xonadon mavjud bo‘lib, o‘rganishlar davomida hokim yordamchisi tomonidan 289 ta xonadon, ya’ni jami xonadonlarning 26 foizi qamrab olingani ma’lum bo‘ldi.

🔻Shundan 256 ta xonadonda xatlov ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha belgilangan ishlar hali to‘liq yakunlanmagani qayd etildi. Xonadonlarni to‘liq qamrab olish aholining real ijtimoiy-iqtisodiy holatini aniqlash va ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash choralarini belgilashda muhim ahamiyatga ega.

🔻O‘rganish yakunida xatlov ishlarini jadallashtirish, qolgan xonadonlarni belgilangan tartibda to‘liq qamrab olish hamda har bir xonadon bo‘yicha ma’lumotlarni sifatli shakllantirish yuzasidan hokim yordamchisiga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2