Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР ОНЛАЙН СЕМИНАРДА ИШТИРОК ЭТДИЛАР
янв.21
ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАСИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ҚИЛИНАДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ БЎЙИЧА ТАҲЛИЛИЙ ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ ВА ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА ШТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СУЮЛТИРИЛГАН ГАЗ БАЛЛОНЛАРИ ТАЪМИНОТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН
Umumta’lim maktabini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev, kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan tumanning “Yakkatut” mahallasida joylashgan 41-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida maktabda o‘quvchilar va pedagog xodimlar uchun qulay va barqaror issiqlik sharoitini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Maktab hududida yangi zamonaviy qozonxona qurilgan bo‘lib, ayni paytda uning texnik holati qoniqarli ekani va belgilangan vazifalarni bajarishga tayyorligi aniqlandi. Qozonxonadagi isitish uskunalari soz holatda bo‘lib, maktab binosini isitish tizimi ham ishchi holatda ekani o‘rganish jarayonida qayd etildi.

🔻Shuningdek, kuz-qish mavsumida uzluksiz issiqlik bilan ta’minlash uchun zarur miqdorda ko‘mir zaxirasi shakllantirilgan. Bu esa mavsum davomida yoqilg‘i ta’minoti bilan bog‘liq uzilishlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘rganish jarayonida mavjud infratuzilma bilan bog‘liq ayrim masala ham aniqlandi. Xususan, ko‘mir saqlanadigan omborxonaning qozonxonadan nisbatan uzoqda joylashgani sababli yoqilg‘ini qozonxonaga yetkazib berishda qo‘shimcha mehnat va vaqt talab etilishi mumkinligi qayd etildi.

🔻Shu munosabat bilan ko‘mir omborxonasini qozonxonaga yaqin hududga ko‘chirib, yoqilg‘ini tashish jarayonini yengillashtirish, qozonxonaning ish jarayonini samarali tashkil etish hamda kuz-qish mavsumida issiqlik ta’minoti barqarorligini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5