Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР ОНЛАЙН СЕМИНАРДА ИШТИРОК ЭТДИЛАР
янв.21
ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАСИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ҚИЛИНАДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ БЎЙИЧА ТАҲЛИЛИЙ ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ ВА ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА ШТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СУЮЛТИРИЛГАН ГАЗ БАЛЛОНЛАРИ ТАЪМИНОТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН
SAYYOR QABUL — AHOLI MUROJAATLARI E’TIBORDA

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat.

Xususan, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Fayzullo Dadajonov Andijon shahridagi “Kelajak” markazi faoliyati doirasida fuqarolar bilan sayyor qabulda ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, jami 10 ta murojaatdan 5 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va yechim talab qiladigan masalalar esa tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Shuningdek, fuqarolarning “Kelajak” markazi imkoniyatlaridan foydalanishi, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalarga ham e’tibor qaratildi.

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, murojaatlarni joyida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash borasidagi deputatlik faoliyati davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2