Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР ОНЛАЙН СЕМИНАРДА ИШТИРОК ЭТДИЛАР
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАСИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ҚИЛИНАДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ БЎЙИЧА ТАҲЛИЛИЙ ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ ВА ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА ШТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СУЮЛТИРИЛГАН ГАЗ БАЛЛОНЛАРИ ТАЪМИНОТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН
39-MINOR SAYLOV OKRUGIDAGI TA’LIM MUASSASALARIDA O‘RGANISH VA UCHRASHUVLAR O‘TKAZILDI

#Deputatlik_nazorati #162_ta_eng_muhim_qonun #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️39-MINOR SAYLOV OKRUGIDAGI TA’LIM MUASSASALARIDA O‘RGANISH VA UCHRASHUVLAR O‘TKAZILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova tomonidan 39-Minor saylov okrugida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

📍 Dastlab deputat 51-sonli umumta’lim maktabi jamoasi bilan uchrashib, ta’lim muassasasidagi shart-sharoitlar, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi, sport zali va sport anjomlarining holati, yoshlar bilan ishlash samaradorligi hamda mavjud muammo va takliflarni o‘rgandi.

🗣 Muloqot davomida maktab jamoasining fikr-mulohazalari tinglanib, bildirilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan takliflar bildirildi.

🔺 Shuningdek, 424-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, mashg‘ulot xonalari hamda hududdagi bolalar maydonchalarining holati ko‘zdan kechirildi.

📋 O‘rganish jarayonida bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning xavfsiz va qulay sharoitda o‘ynashi uchun zamonaviy bolalar maydonchalarini barpo etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

✅ Aniqlangan masalalar va bildirilgan takliflar deputat nazoratiga olinib, ularni mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4