Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
JO‘LANGARDA SAVDO XIZMATI — AHOLI UCHUN QULAYLIK

Sarmich MFY Jo‘langar qishlog‘ida aholining kundalik ehtiyojlarini ta’minlashga xizmat qilayotgan savdo xizmati ko‘rsatish shoxobchasi faoliyati deputat e’tiborida bo‘ldi.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati G. Raimova mazkur shoxobchada bo‘lib, savdo xizmatining tashkil etilishi va xaridorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida shoxobchadagi mahsulotlar turi, aholining kundalik ehtiyojini qondirish imkoniyati, savdo joyining tartibga keltirilganligi hamda xizmat ko‘rsatish jarayoniga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, deputat savdo shoxobchasi faoliyatiga oid masalalar yuzasidan tadbirkor bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida tadbirkorning faoliyatini rivojlantirish jarayonida duch kelayotgan ayrim muammo va to‘siqlari, savdo xizmatini kengaytirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha takliflari tinglandi.

Muloqot yakunida deputat tomonidan tadbirkorga mahsulotlar assortimentini aholining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib kengaytirish, savdo shoxobchasida xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada yaxshilash, xaridorlar uchun qulay sharoitlarni mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga, tadbirkor tomonidan ko‘tarilgan, deputat vakolatlari doirasida tegishli tashkilotlar ko‘magini talab etadigan masalalarni o‘rganish va ularni mas’ul tashkilotlarga yetkazish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish belgilandi.